NearLinkni ishlab chiqishda 300 ta turli tashkilotlar ishtirok etdi. Texnologiya butunlay tayyor va turli xil qurilmalarning yangi modellarida joriy etilmoqda.

NearLinkning Bluetoothga nisbatan asosiy afzalliklari:

Energiya iste'moli 60 foiz kamroq;

Ma'lumotlarni uzatish tezligi 6 barobar tezroq;

Ma'lumotlar almashinuvidagi kechikish 30 baravar kamroq;

Nosozliklardan himoyalanish 7 dBga oshdi;

Qamrov maydoni ikki baravar ko'p;

Bir vaqtning o'zida tarmoq ulanishlari 10 barobar ko'proq.

NearLink universal aloqa tizimi sifatida qaralmoqda. U deyarli har qanday yaqinlikdagi qurilmalar – gajetlar, kompyuterlar, aqlli uy obyektlari, taqiladigan elektron vositalar, maishiy texnika, sanoat qurilmalari va elektr transport vositalarida ishlatilishi mumkin. Texnologiya allaqachon Huawei HarmonyOS 4 operatsion tizimiga integratsiya qilingan. Undan smartfonining so'nggi modeli Huawei Mate 60 da ham foydalanish mumkin, deb xabar beradi techcult.ru.