XXR Dori vositalari ustidan nazorat qilish Davlat boshqarmasi vakili Yan Shenning xabar berishicha, hozirgi vaqtda COVID-19ga qarshi 11 ta Xitoy vaksinasi klinik sinovdan oʻtyapti. Ulardan toʻrttasi esa Xitoyning chet ellik hamkorlar bilan oʻtkazayotgan sinovning soʻngi bosqichida.

China National Biotec Xitoy korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita inaktivirovanniy, boshqacha qilib aytganda “soʻndirilgan” vaksina Yaqin Sharq mamlakatlarida klinik sinovning uchinchi bosqichini oʻtayapti. Bunda 35 mingdan ziyod kishi emlangan, deb xabar beradi XXR Fan va texnologiyalar vazirligi vakili U Yuanbin. Uning taʼkidlashicha, davom etayotgan sinovlar vaksinaning yuqori xavfsizligi va unda ogʻir asoratlarning mavjud emasligi haqida guvohlik berayotgan ekan.

Sinovac Biotech tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19ga qarshi yana bir soʻndirilgan vaksina Janubiy Amerika va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida klinik sinovning uchinchi bosqichini oʻtayapti.

Xitoy harbiy fanlar akademiyasi huzuridagi Harbiy tibbiyot instituti va CanSino Biologics kompaniyasi tomonidan adenovirus vektoriga asosan ishlab chiqarilayotgan yana bir vaksina Yevropa va Osiyoning baʼzi mamlakatlarida klinik sinovning uchinchi bosqichidan oʻtkazilishi uchun maʼqullangan, deb xabar beradi Xitoyning Oʻzbekistondagi Elchixonasi matbuot xizmati.