Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashining sobiq bosh vaziri Li Kesyan toʻsatdan yurak xurujiga uchradi va shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, 27-oktyabr, jumaga oʻtar kechasi Shanxayda vafot etdi, deb xabar bermoqda CCTV Xitoy davlat telekanali. Oʻlimidan soʻnggi bir necha kun oldin Li Kesyan Shanxayda davolanishda edi, deya taʼkidlaydi CCTV, tafsilotlarni keltirmasdan.
Li Kesyan 2013-yilning martidan 2023-yilning martigacha Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashi – Xitoyning oliy davlat ijroiya organi bosh vaziri lavozimida ishlagan. Dpa agentligi bu lavozimni boshqa mamlakatlardagi bosh vazir lavozimi bilan taqqoslaydi.