U yaqinda Xitoy regulyatorlari tomonidan ichki bozorda tijorat asosida yo'lovchi tashish bo'yicha sertifikatlandi. Samolyot bortida ikki yo'lovchi bilan 130 km/soat tezlikda harakatlana oladi va 30 kilometrga yaqin masofani bosib o'ta oladi.
Dizaynning ishonchliligi va soddaligi sertifikat berish to'g'risidagi qarorga kelinishida muhim omil bo'ldi. Model mamlakatning turli hududlarida qisqa masofali turistik yo'nalishlarda 40 mingga yaqin muvaffaqiyatli sinov parvozlarini amalga oshirdi. Uchar taksi 216 qayta quvvatlanuvchi batareyalar bilan ishlaydigan 16 vintli sxemaga asoslangan. eHang kompaniyasining elektr havo taksisi odatiy dvigatelga ega har qanday samolyotga qaraganda xavfsizroq deb tan olindi. Dunyoning boshqa davlatlari havo taksilarini sertifikatlash sari katta tezlikda odimlayotgan bo'lsa, Xitoy esa bu keng ommalashishi mumkin bo'lgan dunyodagi birinchi davlatga aylandi, deb xabar beradi techcult.ru.