Raketa Shandun viloyatidagi Xayyan shahri yaqinidan – Sariq dengizdagi platformadan uchirildi. Raketa uchta Yunyao-1 meteorologik sun'iy yo'ldoshi bilan havoga ko'tarildi.
Gravity-1 balandligi taxminan 30 metr, uchish og'irligi 400 tonnani tashkil etadi va Yer orbitasining pastki qismiga taxminan 6500 kilogramm foydali yukni, shuningdek 500 kilometr quyosh sinxron orbitasiga 4200 kilogramm yukni ko'tarishga qodir. U koinotga og'irligi 100 kilogrammdan ortiq bo'lgan bir nechta sun'iy yo'ldoshni, shuningdek, 3-4 tonnagacha bo'lgan kichik yuk fazoviy kemalarni olib chiqish imkoniyatiga ega, deb xabar beradi korrespondent.net.