Agentlikning yozishicha, XXR Fanlar akademiyasi huzuridagi Sinxay-Tibet togʻ tadqiqotlari instituti tomonidan maʼlum qilinishicha, bundan oldinga rekord natija 2019-yili togʻning janubiy qismidagi 8430 metr balandlikda Britaniya va Amerika olimlari tomonidan oʻrnatilgan stansiyaga tegishli boʻlgan.

“Dunyodagi eng balan choʻqqiga 8 ta meteorologiya stansiyasini oʻrnatish xitoylik olimlar oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri edi. Ularning uchtasi oʻtgan yili oʻrnatilgandi, joriy yili ularga yana beshta stansiya qoʻshildi”, deb yozadi «Sinxua” axborot agentligi.

Mazkur stansiyalarning meteorologiya monitoringi maʼlumotlari ilmiy tadqiqotlar va alpinistlar faoliyatiga koʻmaklashmogʻi lozim boʻladi.