Xitoy fazoviy kemada uch nafar taykonavtni orbitaga olib chiqdi

    Xitoy “Shenchjou-19” boshqariladigan fazoviy kemasi vositasida uch nafar taykonavtni orbitaga olib chiqdi.

    Bu haqda Szyutsyuan kosmodromining uchirish markazi rahbari Szou Lipen ma'lum qildi.

    “Shenchjou-19” aniq belgilangan orbitaga kirdi, uning quyosh yelkanlari ochildi va kema normal ish rejimida ishlamoqda. Kema uchirilishini muvaffaqiyatli deb e'lon qilaman”, dedi rasmiy.

    Boshqariladigan fazoviy kema 30-oktabr kuni Boku vaqti bilan soat 00:27 da Szyutsyuan kosmodromining uchirish markazidan uchirildi va soat 7:00 atrofida Xitoyning “Tyangun” orbital stansiyasi bilan tutashadi.

    Stansiya uch kishiga mo'ljallangan. U yer yuzasidan taxminan 400 kilometr balandlikda joylashgan va og'irligi 66 tonnani tashkil etadi, uning bo'linmalari hajmi 110 kubometrga etadi. Stansiya 2022-yilda ishga tushgan va 2032-yilda foydalanishdan chiqariladi, deb xabar beradi report.az.