Kema bortida 2125 ta kayuta mavjud bo'lib, ular 5246 yo'lovchini sig'dira oladi.
Adora Magic City layneri 2024-yil 1-yanvarda o'zining birinchi safariga jo'naydi.
Avvalroq Xitoyda Tessa deb nomlangan dunyodagi eng katta konteyner kemasi suvga tushirilgan edi. Kemaning uzunligi taxminan 400 metrni tashkil etadi. U eng katta samolyot tashuvchisidan 60 metr uzunroq, eni esa 61,5 metr.
Xitoy, shuningdek, 400 ming tonna yuk ko'tarish quvvatiga ega bo'lgan dunyodagi eng yirik ruda tashuvchisi – Ore Tianjinni ishlab chiqardi, deb xabar beradi korrespondent.net.