Uchrashuvda Ruisu kompaniyasi tomonidan viloyatimiz hududida elektromobillarni quvvatlash uskunalarini ishlab chiqarish boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion loyiha muhokama qilindi.

Oʻzbekistonda elektromobillar jadal ommalashib borayotganini qayd etgan Maykl Chen, kompaniya viloyatimiz hududida oʻz korxonasini qurib bitkazishi maʼlum bir vaqt olishini, bu davrga qadar viloyatda boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan bino-inshootlardan belgilangan tartibda ijaraga joy ajratib berilsa, qisqa muddatda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildi.

Viloyat hokimi ushbu loyihani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirib, Fargʻona, Quvasoy va Qoʻqon shaharlarida mavjud boʻsh turgan bino-inshootlarni tanlov uchun taklif etilishini maʼlum qildi. 

Kelgusi haftada Ruisu kompaniyasi bosh direktorining viloyatimizga tashrifini tashkil etish hamda loyihaning amalga oshirish boʻyicha muzokaralarni yakuniy bosqichda davom ettirishga kelishib olindi.

Ruisu kompaniyasi vakillari tomonidan keltirilgan elektromobillarni quvvatlash uskunalari viloyat hokimiga namoyish etildi, xitoyliklar ularning texnik xususiyatlari haqida maʼlumot berdilar.

Uchrashuvda viloyat hokimining oʻrinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.