“Dunyo“ AAning xabar berishicha, muzokaralar davomida Oʻzbekistonda “yashil“ energetika, qishloq xoʻjaligi, AKT, turizm kabi soha mutaxassislari uchun ilgʻor xalqaro standartlar asosida qayta tayyorlash va malakani oshirish dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, Oʻzbekiston talabalari uchun Xitoyning yetakchi oliy oʻquv yurtlarida grantlar ajratish va nomzodlarni tanlash xususida fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida “JC Finance Interconnect Holdings” kompaniyasi vakillarining Oʻzbekistonga safarini tashkil etishga kelishib olindi. Safar davomida Oʻzbekiston fuqarolarini taʼlim va kasbiy faoliyatga tayyorlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish markazini ochish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarda uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.