Batafsil tasvir “Tyanven-1” kosmik kemasi tomonidan to'qqiz oy davomida olingan 14 800 ga yaqin suratdan tuzilgan.
Tasvirlar orasida Marsning sharqiy va g'arbiy yarim sharlarining ortogonal proyeksiya xaritasi, Robinson va Merkator proeksiya xaritalari, kartografiya standartlariga muvofiq azimutal proeksiya xaritasi mavjud.
“Tadqiqot guruhi qo'nish joyi yaqinidagi ko'plab geografik obyektlarni aniqlash uchun Marsning yuqori aniqlikdagi suratlaridan foydalangan. Qoidalarga muvofiq, Xalqaro Astronomiya ittifoqi ulardan 22 tasiga Xitoydagi mashhur tarixiy-madaniy qishloqlar va aholisi 100 ming kishidan kam bo'lgan shaharlar nomini berdi va Qizil sayyora zaminida Xitoy logotipini doimiy ravishda o'yib qo'ydi”, — deya xabar berdi XinHua agentligi.
Xitoyning Marsni o'rganish bo'yicha birinchi zondi “Tyanven-1” 23-iyul kuni Xaynan orolidagi Venchang kosmodromidan uchirildi. U orbital, qo'nuvchi va uskunadan iborat bo'lib, hozirgacha 1000 kundan ortiq ishlagan va yaxshi holatda. U ilmiy izlanishlarni davom ettirmoqda, deyiladi mir24.tv saytida.