Xitoy odamlarni Oyga olib chiqadigan modulni sinovdan o'tkazdi

    Xitoy odamlarni Oyga olib chiqishga mo'ljallangan Lanyue modulini sinovdan o'tkazdi.

    Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasining boshqariladigan koinot parvozlari dasturi boshqarmasi ma'lum qildi, deb xabar berdi lenta.ru.

    Sinovlar mamlakatning shimoliy qismida joylashgan Xebey viloyatidagi Xuaylay uyezdidagi poligonda o'tkazildi. “Bu Xitoyning Oyga boshqariladigan parvozlar dasturini ishlab chiqishda muhim bosqichdir”, deya ta'kidladi boshqarma, uskunaning va u bilan ish olib borishning murakkabligiga to'xtalib.