Markazning maqsadi tibbiyot va farmatsevtika sohalarida O'zbekiston Respublikasi tomonidan taklif etilayotgan investitsiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish, deya xabar beradi Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati.

Xitoylik shifokorlar “bemorni kasal bo'lishidan oldin davolash lozim”, deyishadi. Xitoy an'anaviy tibbiyotining mumtoz qoidalardan birida “shifokor kasallikni emas, insonni davolashi zarur”, deb ta'kidlanadi  SHuning uchun xitoylik shifokor bemorni davolashga alohida diqqat-e'tibor va favqulodda yuqori mas'uliyat bilan yondashadi.

Jiangxi universiteti Xitoyning etakchi ixtisoslashgan universitetlaridan biri bo'lib, Xitoy an'anaviy tibbiyoti sohasida professional kadrlar tayyorlash, og'ir va davolab bo'lmas kasalliklar profilaktikasi va davolash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanadi.

Xalqaro sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga qaraganda, so'nggi yarim asrda xitoyliklarning o'rtacha yashash umri qarib 40 yoshga ortgan. Bu Xitoy an'anaviy tibbiyoti va zamonaviy tibbiyot yutuqlarining uyg'unlashuvi natijasidir. Bu tajriba endilikda yurtimizda ham tatbiq etiladi.