Xitoy milliy koinot boshqarmasi o'zining Tyangun koinot stansiyasining Yer fonidagi tasviri aks etgan birinchi yuqori aniqlikdagi suratlarini e'lon qildi.

Suratlar Shenchjou-16 astronavti tomonidan o'tgan oy Yerga qaytishdan oldin Xitoy stansiyasidan bir necha yuz metr balandlikdan olingan.

Rasmlarda uchta moduldan iborat T shaklidagi stantsiya, ulkan quyosh panellari va robotlashtirilgan tashqi manipulyator aks etgan.

Tyangun stansiyasida Xalqaro koinot stansiyasiga qaraganda ikki barobar kam tajriba o'tkazilishi mumkin, biroq Xitoy stansiyasida kosmonavtlarning yashashi va ishlashi uchun ko'proq joy mavjud, deb xabar beradi korrespondent.net.