Xitoyning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan gidroelektrostansiyaning barcha 16 generatorining ishga tushirilishi bilan 500 ming kishining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoji qondiriladi.
GESda yiliga 62 milliard kilovatt-soat elektr energiya ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Bu elektrostansiyani quvvati boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻringa olib chiqadi.
Hozirgi kunda bu borada Xitoyning Xubey provinsiyasida joylashgan «Uch dara» deb nomlangan GES birinchi oʻrinni egallab turibdi. Mazkur GES 2020-yilda 103,1 milliard kilovatt-soat elektr energiya ishlab chiqargan.
Qayd etilishicha, «Bayxetan» GESining ishga tushishi karbonat angidrid tashlanmalarini 51,6 million tonnaga kamaytirish imkonini beradi.
Mazkur gidroelektrostansiyani 2022-yilda toʻliq ishga tushirish koʻzda tutilgan.









