"Shihi" texnik jihatdan "Xitoyning H-alfa quyosh tadqiqotchisi" ((CHASE) ) deb nomlanadi, chunki u H-alfaning quyuq qizil spektridagi nurlarni kuzatish uchun sozlangan.
Ma'lum qilinishicha, sun'iy yo‘ldosh uchirilgandan keyin Yer orbitasida rejadagi holatiga joylashdi.
Xitoyning birinchi Quyosh teleskopini olib yuradigan, 550 funtli sun'iy yo‘ldosh Yer orbitasida harakatlanib, Quyoshga qaragan holatda qoladi.
Sun'iy yo‘ldoshning "razvedka" missiyasi 3 yilga mo‘ljallangan.
Shuningdek, "Roskosmos" Rossiya federal kosmik agentligi Buyuk Britaniyaga tegishli 36 ta One Web aloqa sun'iy yo‘ldoshi kosmosga muvaffaqiyatli uchirilgani haqida e'lon qildi.
Uchish Rossiyaning Uzoq Sharq mintaqasidagi "Vostochniy" kosmik bazasidan amalga oshirildi.
Qayd etilishicha, OneWeb sun'iy yo‘ldoshlari sayyoramizning har bir nuqtasida yuqori tezlikdagi Internetga kirishni ta'minlaydigan kosmik aloqa tizimini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan.
Suhrob TUGALOV tayyorladi.