Xitoy sun'iy yo'ldoshni koinotga olib chiqdi

    Xitoy internet texnologiyasini sinab ko'rish uchun sun'iy yo'ldoshni dengiz platformasidan raketa vositasida koinotga muvaffaqiyatli olib chiqdi.

    Jielong-3 tashuvchisi 6-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 03:24 Guandun viloyatining Yantszyan shahri yaqinidagi dengiz platformasidan uchirildi.

    Dekabr oyida Xitoy Misr uchun MisrSat-2 masofadan zondlash sun'iy yo'ldoshini koinotga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Sun'iy yo'ldoshga ega CZ-2C raketasi Xitoy shimolidagi Szyutsyuan kosmodromidan uchirdi, deb xabar beradi lenta.ru.