Muloqotlar davomida Oʻzbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash loyihalari hamda qoʻshma ilmiy-izlanishlar amalga oshirish muhokama qilindi.

Taʼkidlash joiz, Pekin xalqaro tadqiqotlar universiteti 1964-yilda tashkil etilgan boʻlib, Xitoyda turizm sohasida ilmiy va amaliy izlanishlar boʻyicha TOP-3 muassasadan biri hisoblanadi.

Uchrashuv davomida talaba va oʻqituvchilar uchun almashinuv dasturlari sonini oshirish, shuningdek, yashil va kreativ iqtisodiyot boʻyicha ilmiy izlanishlar, Xitoy tilidagi gid-tarjimonlarni tayyorlashga kelishildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.

Uchrashuv yakunida barcha belgilangan yoʻnalishlar qamrab oluvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.