Bu haqda 26-oktabr, payshanba kuni “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Asronavtlarning koinotga uchirilishi Chanchjen-2F raketa-tashuvchisi yordamida Pekin vaqti bilan soat 11:14 da Xitoy shimoli-g'arbidagi Gansu viloyatidagi Szyutsyuan kosmodromida amalga oshirildi.
Fazoviy kema koinotga uch nafar astronavt – Tan Xunbo, Tan Shentsze va Szyan Sinlinyani olib chiqadi.
Shenchjou-17 ekipaj a'zolari Xitoyning Tyangun koinot stansiyasini qurish missiyasi boshlanganidan buyon eng yosh ekipaj a'zolaridir. Astronavtlar orbitada taxminan olti oy qolishadi.
Xitoy so'nggi bor o'z koinot stansiyasiga ekipajli raketani 30-may kuni uchirgan edi, o'shanda fazoviy kema uch nafar astronavtni koinotga olib chiqqandi, deb xabar beradi korrespondent.net.