Ekipaj komandiri bundan oldin ikki marta, ikkinchi fazogir bir marta koinotga uchgan boʻlsa, uchinchisi esa birinchi marta osmonga koʻtarildi.
Startdan 573 soniya oʻtib, kema raketadan ajraldi hamda kerakli tomonga yoʻnaldi. Endi u qurilayotgan “Tyangun” koinot statsiyasining asosiy moduli bilan bogʻlanishi kerak. Fazogirlar stansiyaga oʻtishadi va uch oy oʻsha yerda boʻlishadi. Ular Yerga sentyabr oyida qaytishadi.
Xitoyda fazogirlarni koinoga olib chiqish missiyalari bungacha yetti marta amalga oshgan. 2003-yilda Xitoy fazogirlarni koinotga mustaqil tarzda olib chiqishni yoʻlga qoʻygan uchinchi mamlakat (SSSR hamda AQSHdan keyin)ga aylandi.
Eslatib oʻtamiz, Xitoy 29-aprel kuni oʻzining qurilayotgan orbital stansiyasi - “Tyangun” uchun “Tyanxe” modulini yuborgan edi. Mazkur koinot stansiyasini Xalqaro koinot stansiyasining muqobili sifatida 2022-yilda qurib bitkazish rejalashtirilgan.