Unda oʻzbek va xitoy kinematografiya vakillari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek XIII asrda Xitoyning Yunnan viloyatida hokim vazifasida faoliyat yuritgan, asli kelib chiqishi buxorolik boʻlgan Said Ajjol Shamsuddin Umar haqida 3 qismli hujjatli film yaratish loyihasi muhokama qilindi.
Filmning taqdimoti 2022-yil sentyabr oyida Samarqandda boʻlib oʻtadigan SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlarining uchrashuvida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Videomuloqot davomida tomonlar “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusi doirasida ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini va doʻstlik munosabatlarini yanada kuchaytirishni taʼkidlashdi.