Unga koʻra, qiymati dastlabki bosqichda 200 million, toʻliq ishga tushgach esa qariyb 1,8 milliard AQSH dollari boʻlgan mazkur loyiha quyosh, shamol va gidro energetikasi ishlab chiqarishni nazarda tutadi.

Xitoyning “Baibuting group co. ltd” kompaniyasi Ohangaron tumanida yashil energiya yoʻnalishida yirik loyihani amalga oshiradi.

Kompaniya rahbari Mao Yong Hong mazkur yirik loyiha haqida fikr bildirib, uni amalga oshirishda Xitoyning 10 dan ortiq boshqa kompaniyalari ham qatnashishini taʼkidladi.

Loyihani boshlash uchun Ohangaron tumanidan 2 ming 600 gektar yer maydoni tanlab olingan. U 2 GVt energiya ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Toshkent viloyatida Xitoy kapitali ishtirokida 722 ta korxona faoliyat yuritmoqda.