Samarqand xalqaro aeroportida Xitoy yetakchisini davlatimiz rahbari kutib oldi.

Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 15-sentabr kuniga mo‘ljallangan. Shu kuni oliy darajadagi O‘zbekiston-Xitoy muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Avval xabar qilinganidek, Xitoy Raisi 16-sentabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.