Mehmonlarni universitet rektori A.Reymov kutib olib, universitetimizning oʻquv jarayoni hamda bu yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida tanishtirib oʻtdi. Shundan soʻng mehmonlar universitetning Chet tillari fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida bugungi kunda fakultetda xitoy tilini oʻrganayotgan talaba-yoshlar bilan suhbatlashdi. Talabalar tomonidan Xitoy xalqining milliy kuy-qoʻshiqlari ijro etildi.
Shuningdek, suhbat davomida universitetimizda kelajakda talabalar orasida xitoy tilini oʻrgatishni kengaytirish maqsadida, volontyorlar tomonidan til oʻrgatish markazini tashkillashtirish hamda Xitoy Xalq Respublikasining oliy taʼlim muassasalari bilan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, talabalarning akadem mobilligini, shuning bilan bir qatorda professor–oʻqituvchilarning tajriba almashuvini yoʻlga qoʻyish, xitoy tilini oʻrganayotgan talaba-yoshlarning yozgi amaliyotini esa Xitoy Xalq Respublikasining oliy taʼlim muassasalarida olib borilishini tashkillashtirish va shu kabi bir qator masalalar yuzasidan suhbatlar olib borildi.
Uchrashuv soʻngida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun iliq yuz bilan kutib olganligi uchun universitet jamoasiga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.