Xitoy Xalqaro koinot tadqiqotlari markazini quradi

    Xitoy fanlar akademiyasining Koinot tadqiqotlari markazi rahbari Van Chining aytishicha, markaz yirik hamkorlik loyihalari uchun mo'ljallangan.

    Xitoy hukumati koinot sohasida hamkorlikda tadqiqotlar olib borish uchun xalqaro markaz quradi. Bu haqda Xitoy fanlar akademiyasining Koinot tadqiqotlari markazi rahbari Van Chi xalqaro Oy stansiyasini rivojlantirish bo'yicha xalqaro konferensiyada so'zlagan nutqida aytib o'tdi, deb xabar beradi tass.ru.

    “Kitoy keng ko'lamli global hamkorlik loyihalari uchun xalqaro shtabni qurishni rejalashtirmoqda, uning tarkibiga qo'shma loyihalash va tekshirish markazi, ma'lumotlarni qayta ishlash markazi, ekspluatatsiya va boshqaruv markazi, muhandislik va ilmiy markaz, shuningdek qo'shma hamkorlik va almashinuv markazlari kiradi”, dedi u.