Xitoy yangi sun'iy yo'ldoshini koinotga olib chiqdi

    Xitoy 15-aprel kuni Yerni masofadan zondlash uchun yangi sun'iy yo'ldoshi – Gaojing-301 ni koinotga uchirdi. Bu haqda Xinhua xabar berdi.

    Koinot kemasi orbitaga Xitoy shimoli-g'arbidagi Gobi cho'lidagi Szyutsyuan kosmodromidan Long March-2D raketa-tashuvchisi vositasida olib chiqildi. Bu Long March seriyali raketalarning 516-parvozidir.

    SuperView sifatida ham tanilgan Gaojing seriyali sun'iy yo'ldoshlari juda sezgir tijoriy masofadan zondlash koinot kemasi sanaladi. Og'irligi taxminan 560 kilogramm bo'lib, xizmat muddati kamida sakkiz yil.

    Yangi sun'iy yo'ldosh raqamli qishloq xo'jaligi, shahar infratuzilmasini modellashtirish va real vaqt rejimida 3D modellashtirish kabi yangi sohalar, shuningdek, an'anaviy sohalar, jumladan, geodeziya va xaritalash, dengiz monitoringi, ofatlarning oldini olish va yumshatish kabi tijoriy masofaviy zondlash xizmatlarini taqdim etadi.

    Xitoy 27-mart kuni Yerni masofadan turib zondlash uchun yangi “Yunhai-3 02” sun'iy yo'ldoshini koinotga uchirdi, bu tabiiy ofatlarni yuqori aniqlik bilan bashorat qilish va ularning halokatli oqibatlarining oldini olish imkonini beradi, deb xabar beradi korrespondent.net.