Xitoy yangi sun'iy yo'ldoshni koinotga olib chiqdi

    Xitoy 27-mart kuni ertalab Yerni masofadan zondlaydigan yangi Yunhai-3 02 sun'iy yo'ldoshini koinotga uchirdi.

    U tabiiy ofatlarni yuqori aniqlik bilan bashorat qilish va ularning halokatli oqibatlarining oldini olish imkonini beradi.

    Fazoviy uskunani Shansi viloyatidagi Tayyuan kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 6:51 da modifikatsiyalangan Yunhai-3 02 raketa-tashuvchisi quyi Yer orbitasiga olib chiqdi.

    Sun'iy yo'ldosh atmosfera, dengiz muhiti va fazoni kuzatish, ilmiy tajribalar o'tkazish, xavfli atmosfera hodisalarining shakllanish belgilarini aniqlash, tabiiy ofatlarni bashorat qilish hamda ularning oqibatlarini kamaytirish uchun ishlatiladi, deb xabar beradi korrespondent.net.