Xitoy zondi Oyning narigi tomonidan tuproq namunalarini olib qaytdi

    Xitoyning Chane-6 oy zondi tarixda birinchi marta Oyning narigi tomonidan Yerga tuproq namunalarini yetkazdi.

    Bu haqda Xinhua agentligi xabar bermoqda.

    Bu koinot tadqiqotlaridagi eng murakkab missiyalardan biri edi. Ekspeditsiya 53 kun davom etdi. U 3-may kuni, Chanchjen-5 raketa-tashuvchisi bilan Chane-6 fazoviy kemasining uchirilishi bilan boshlangandi.

    2-iyundan 3-iyungacha zond tuproq namunalarini yig'di va 4-iyun kuni u Oyning narigi tomonidan ko'tarildi va tez orada rejalashtirilgan Oy orbitasiga yetib bordi. 25-iyun kuni qurilma Ichki Mo'g'uliston cho'liga qo'ndi, deb xabar beradi korrespondent.net.

    Xitoy Fanlar akademiyasi Geologiya va geofizika instituti ilmiy xodimi Yan Veyning so'zlariga ko'ra, Chane-6 missiyasi Oyni tadqiq qilish tarixidagi muhim bosqichdir. Bu Oyning evolyutsiyasini to'liqroq tushunishga yordam beradi.