Qoyatoshdagi rasmlarning aksariyati hayvonlar shakli tushirilgan oddiy tasvirlaridan iborat. Ushbu turdagi qoyatosh tasviri asosan Tuntyan daryosining o'rta oqimida tarqalgan.
3800 metrdan ortiq balandlikda 36 ta qoyatosh rasmlari topildi. Mazkur hududda jami 59 ta ana shunday qoyatosh rasmlari topilgan.
Qoyatoshlarda odam bilan bir qatorda bug'u, bo'ri, yo'lbars, qoplon, qo'y, it, ot, tuya kabi hayvonlarning tasvirini ham uchratish mumkin. Bundan tashqari, ikki g'ildirakli aravalarning rasmlari va turli xil belgilar ham mavjud, deb xabar beradi tass.ru.