Qayd etilishicha, 3 yoshdan 11 yoshgacha boʼlgan 84 milliondan ortiq bola koronavirusga qarshi emlandi. 49,5 millionga yaqin bola esa buster vaksinalar bilan emlangan. 

“Biz aholining asosiy guruhlari, bolalar va oʼsmirlarni qishda epidemiyaning oldini olishga qaratilgan buster emlashni boshladik”, – deydi mamlakat sogʼliqni saqlash qoʼmitasi vakili U Lyanyu.

Maʼlum boʼlishicha, Xitoyda 2020-yilning dekabridan boshlangan ommaviy emlash kampaniyasi 2021-yilning 13-noyabriga qadar 2,38 milliarddan ortiq odamni xavfli virusga qarshi emlagan.

Jumladan, 1,07 milliard odam emlashning toʼliq kursidan oʼtdi.