Xitoy Xalq Respublikasi aholini roʻyxatga olish natijalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, mamlakat aholisi 2021-yil boshiga 1,411 milliard kishini tashkil etgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olish jarayonlari 2023-yil 1-25-noyabr kunlari oʻtkazilishi belgilangan.

Aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish tadbiri 2021-yil 1-25-noyabr kunlari Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-aprel holatiga koʻra, respublikaning doimiy aholisi soni qariyb 34,7 million kishini tashkil etmoqda.