Topilma 145 million yil avval boshlanib, 66 million yil avval tugagan boʻr davrining erta va oʻrta-kech davriga tegishli. Uyalarda topilgan deyarli yumaloq shaklga ega boʻlgan uchta tuxum yaxshi saqlanib qolgan. Tadqiqotchilar uyadan tushib ketgani taxmin qilinayotgan boshqa ettita tuxumning izlarini ham topishdi.
Ularning mikroskopik tuzilishi tahlili ilgari Xitoyning boshqa hududlarida topilgan dinozavr tuxumlari bilan oʻxshashligini koʻrsatdi. Gap Stalicoolithidae Coralloidoolithus turi haqida ketyapti. Ular sharqiy Chjeszyan provinsiyasi va Xenan provinsiyasi markazida kech boʻr davri qatlamlaridan topilgan. Hozirda topilmalar Szyansi provinsiyasidagi mahalliy muzeyda saqlanmoqda.