Qayd etilishicha, mazkur inshoot Xitoy shimolida – Xebey viloyatining Chende shahrida joylashgan. Uning umumiy o'rnatilgan quvvati 3,6 million kilovatt-soat (kVt) bo'lib, yiliga 6,61 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo'ljallangan. Energobloklarning birinchi qismi ishga tushirilgandan keyin uch yil ichida 8 milliard kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, “Fennin” elektr stansiyasida 480 ming tonna yoqilg'ini tejash va karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 1,2 million tonnaga kamaytirish rejalashtirilgan, bu esa mamlakatning energiya samaradorligi va ekologik barqarorlik yo'nalishidagi maqsadlariga erishishga katta hissa qo'shadi, deb xabar beradi lenta.ru.