Xitoyda elektr energiyasini ortiqcha isteʼmol qilinishiga qarshi kurash boshlandi

    Energetika 28 Sentabr 2021 1553

    Bloomberg da yozilishicha, Xitoyda elektr energiyasini ortiqcha isteʼmol qilinishiga qarshi kurash boshlandi.

    Birinchidan, chora-tadbirlar sanoat korxonalarida elektr energiyasini ortiqcha sarflashga qarshi qaratilgan. Alyuminiyni eritishdan tortib dukkakli mahsulotini qayta ishlashgacha boʻlgan turli sohalardagi korxonalar elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirishga, ayrim hollarda esa ishlab chiqarishni toʻxtatishga majbur boʻlmoqda.

    Qatʼiy choralarning asosiy sabablari — energiyaga boʻlgan talabning oshishi, shuningdek, elektr stansiyalari uchun yoqilgʻi narxining koʻtarilishi deya taʼkidlangan. Shuningdek, bunga Pekin atmosfera chiqindilarini kamaytirish rejalari ham taʼsir koʻrsatgan.