Xitoyda eng kichik dinozavrning izlari topildi

    Mutaxassislar dunyodagi eng kichik dinozavrning izlarini topishdi. Xitoyning Gansu viloyatida noodatiy kashfiyot amalga oshirildi.

    Mahalliy muzey xodimlari kuchli yomg'irdan keyin “Lyutszyasya” davlat geologik dinozavr bog'ida beshta toshga aylangan izlarni payqashdi. Ularning o'lchamlari 1 dan 3 santimetrgacha.

    Tosh ustida ularning izlari saqlanib qolgan. Mazkur izlar kichik dinozavrlar suv yaqinida, turli xil suv qushlari bilan yonma-yon yashaganidan dalolat bermoqda.

    Izlar bo'r davriga tegishli. Ular dunyodagi eng kichik dinozavr izlaridan biri sifatida tan olindi.

    Ilgari kichik dinozavrlarning izlari Sichuan daryosi havzasida, Shandun viloyati va Janubiy Koreyada topilgan edi. Bu turlar keng tarqalgan deb taxmin qilish mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.