Transport harakati uchun mo'ljallangan, uzunligi 10,8 kilometr va kengligi 43,6 metr bo'lgan tunnel Xitoy sharqidagi Tayxu ko'li ostida qurilmoqda. U mamlakatdagi uchinchi yirik chuchuk suv havzasi hisoblanadi. Ko'l Chanchjou — Usi avtomagistralining davomi bo'lib, umumiy uzunligi qariyb 44 kilometrni tashkil etadi.
Loyiha uchun mas'ul bo'lgan Xitoy aloqa va qurilish kompaniyasi qoshidagi Third Harbor Engineering tashkiloti suv osti tunnelining qurilishi 2018 yil yanvarida boshlanganini ta'kidlagan. Hozir ushbu inshootda poydevor plitalarining qurilishi yakunlandi.
“Loyihada chiqindi suv va changning nolga tushishini ta'minlay oladigan po'latni avtomatik qayta ishlash uskunalari va aqlli tizimlar qo'llaniladi”, — dedi loyiha guruhi rahbari Yang Guodong.
Joriy yil tunnelda beton quyish va infratuzilma ob'ektlarini qurish jarayoni tugallanishi kutilmoqda.