Xitoyda ko'chki oqibatida 30 dan ortiq kishi bedarak yo'qoldi

    Xitoy janubi-g'arbidagi Sichuan viloyatida sodir bo'lgan ko'chki oqibatida 30 dan ortiq odam bedarak yo'qoldi.

    Bu haqda Xinhua agentligi xabar bermoqda.

    Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, favqulodda holat 8-fevral, shanba kuni Pekin vaqti bilan taxminan 11:50 da Ibin tumanidagi qishloqlardan birida sodir bo'lgan. Ko'chki 10 ta uyni vayron qildi. Yo'qolganlarning aniq soniga aniqlik kiritilmoqda.

    Xitoy rahbari Si Szinpin odamlarni qutqarish uchun barcha choralarni ko'rishni buyurdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

    Agentlik shuningdek, Xitoy hukumati Sichuan viloyatidagi ko'chki oqibatlarini bartaraf etish va tiklash ishlariga yordam berish uchun taxminan 11,16 million dollar ajratganini ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.