Xitoyda oʻtgan sutkada koronavirusga chalinish bilan bogʻliq 76 holat qayd etildi. Bu 2021-yilning yanvar oyidan buyon eng yuqori sutkalik koʻrsatkichdir.
Szyansu provinsiyasida 39, Lyaonin provinsiyasida esa 1 holat qayd etilgan. Shuningdek, chet eldan qaytgan 36 nafar mamlakat fuqarosida ham koronavirus aniqlangan.
Eslatib oʻtamiz, Xitoyda shu kungacha COVID-19ga chalinish bilan bogʻliq 92 605 holat aniqlangan. Ayni paytda 740 dan ziyod bemor shifoxonalarda davolanmoqda, ularning 17 nafarining ahvoli ogʻirligi aytilmoqda.