Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi maʼlum qilmoqda.

Fuqarolarga elchixona tomonidan konsullik–huquqiy yordam koʻrsatilib, ularning barchasi Xitoy tomoni va “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Pekindagi vakolatxonasi bilan muvofiqlashtirilgan holda “Pekin–Toshkent” yoʻnalishida 22-dekabr kuni Oʻzbekistonga yetib bordi.

Xitoyning sohaga aloqador vazirlik va idoralari bilan yaqin ishchi hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, bundan keyin ham ushbu mamlakatda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qoladigan vatandoshlarga sifatli huquqiy yordam va tezkor konsullik xizmatlari koʻrsatish boʻyicha yoʻlga qoʻyilgan tizimli ishlar davom ettiriladi.