Reja 2021 – 2025 yillarga mo'ljallangan bo'lib, sport bilan shug'ullanish va jismoniy sog'liqni mustahkamlashga hamda sport sanoatini rivojlantirishni rag'batlantirishga qaratilgan.
Bu borada ko'zlangan maqsad 2025 yilga borib aholining 38,5 foizini muntazam ravishda sport bilan shug'ullanishiga erishish bo'lib, bu o'tgan besh yillikka nisbatan 1,3 foiz ortiqni tashkil etadi. Bundan tashqari, har 1000 aholiga kamida ikkita murabbiy to'g'ri kelishini ta'minlash, ommaviy sport sanoati uchun 5 trln yuan mablag' ajratish ko'zda tutilgan.
Rejaga ko'ra sport parklari va stadionlariga o'xshash 2000 ta sport markazi tashkil etiladi yoki faoliyati kengaytiriladi. 2025 yilga borib, okrug, shahar va qishloqlarda faoliyat ko'rsatadigan sport markazlariga turarjoyidan borish masofasi piyoda yurganda 15 daqiqadan oshmasligiga erishiladi.
Talabalar har kuni kamida ikki soat sport bilan shug'ullanishlari kerak bo'ladi. Shuningdek, sport tadbirlarini tashkil etish tizimi ham takomillashtiriladi.
Bundan tashqari, rejaga ko'ra hukumat voyaga etmaganlar, asosan, ko'rish qobiliyatida nuqsoni bo'lgan, oriqcha vazndan aziyat chekadigan va sog'lig'ida boshqa muammolari bor yoshlar uchun sport markazlari faoliyatini yanada jozibali qilishlari kerak bo'ladi.