SCMP xabariga ko'ra, videoda onaning qichqirgani eshitiladi: “Iltimos, bolamni qutqaring!”.
Bino atrofida qo'shnilar, do'kon sotuvchilari va shu joydan o'tib ketayotgan odamlar ularni ko'rib qolishib, chaqaloqni tutib olish uchun mato ushlab turishadi. Shu paytda ayol chaqaloqni uloqtirib yuboradi.
Yaxshiyamki, bola sog'-omon tutib olingan. Bolaning onasi va yana bir ayol bir necha daqiqadan so'ng yetib kelgan o't o'chiruvchilar tomonidan qutqarilgan.
Ayol va bola kasalxonaga yotqizilgan, deyiladi xabar.uz saytida.