Xitoyda oʻquvchilar uchun ajratilgan mablagʻni talon-toroj qilgan mingdan ortiq kishi jazolandi

    Xitoyning qishloq maktablarida oʻtkazilgan hukumat tekshiruvi oʻquvchilarning ovqatlanishi uchun ajratilgan mablagʻlarni notoʻgʻri ishlatishning koʻplab holatlarini aniqladi.

    Bu haqda Fachjivan sayti yozmoqda.

    Tekshiruv natijasida qariyb 4 milliard yuan (deyarli 550 million dollar)lik muammolar bartaraf etilib, qishloq maktab oʻquvchilarini ovqatlantirish uchun ajratilgan mablagʻlarni oʻzlashtirgan 1200 nafar shaxs javobgarlikka tortildi.

    121 okrugda 237 maktab rahbari jazolandi, 147 noqonuniy oziq-ovqat yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilindi, mablagʻlar qaytarildi va 420 million yuan (taxminan 60 million dollar) miqdorida jarima solindi.