Shu munosabat bilan, Xitoy Xalq Respublikasining koʻplab hududlarida Oʻzbekiston turizm salohiyati keng targʻib etilib, sayyohlik yoʻnalishida koʻplab kelishuvlarga erishilyapti.
Xususan, yirik megapolis Shanxayning markazi, eng gavjum manzillaridagi keng formatli LED ekranlarda Oʻzbekistonning sayyohlik yoʻnalishlari, qadimiy va zamonaviy meʼmorchilik durdonalari va betakror tabiati aks ettirilgan videoroliklar namoyish etilyapti, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.