Xitoyda qadimgi insonning yangi turi topildi

    Fan 7 Dekabr 2024 674

    Bu tur vakillari zamonaviy insondan gʻoyat katta bosh, past peshona va yirik tishlari bilan farq qilgan.

    Xitoyda ilgari nomaʼlum boʻlgan qadimgi odamlarning qoldiqlari aniqlandi. Bu tur vakillari zamonaviy insondan gʻoyat katta bosh, past peshona va yirik tishlari bilan farq qilgan. Unga xitoy tilida “ulkan bosh” maʼnosini anglatuvchi Ju lu soʻzidan kelib chiqib, Homo juluensis nomi berildi.

    Homo juluensisʻning bosh suyagi hajmi 1700-1800 kub santimetrga yetgan. Solishtiradigan boʻlsak, zamonaviy voyaga yetgan Homo sapiensʻning bosh suyagi oʻrtacha 1350 kub santimetrni tashkil etadi, neandertal odamniki esa — taxminan 1450 kub santimetr.

    Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, ular hozirgi Xitoy hududida 200 ming yil avval yashagan va ancha taraqqiy etgan: guruh boʻlib ov qilishgan, qurol-yarogʻ, asbob-uskunalar va kiyim-kechaklar yasashgan.