Jag', bosh va oyoq suyaklari 2019-yilda Xualundun shahrida (Xitoyning Anxoy viloyati) topilgan. Ularning yoshi 300 ming yil deb baholangan. O'shandan beri tadqiqotchilar qoldiqlarni o'rganib kelishadi.

Tahlillar shuni ko'rsatdiki, suyaklar 12-13 yoshli bolaga tegishli. Uning yuz tuzilishi 750 000 yil avval Homo erectusdan ajralib chiqqan zamonaviy odamning yuz tuzilishiga o'xshaydi.

Olimlar qadimgi odamlarning mutlaqo yangi turi topilgani haqidagi taxminni ilgari surishmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.