Gumonlanuvchi shaxslar oʻtgan yili sentyabr oyidan boshlab shprisni oddiy fizrastvor bilan toʻldirib, uni vaksina oʻrnida qimmat narxga sotib kelgan. Aniqlangan yolgʻon dori sotuvchilar tarmogʻi Pekinda, Shanxayda hamda Sharqiy Shandun provinsiyalarida harakat qilgan.

Xitoyning ingliz tilida chop etiladigan Global Times gazetasining Xitoydagi yirik vaksina ishlab chiqaruvchi manbasiga tayanib bergan xabariga koʻra, qalbaki dori vositalari sotuvchilari dunyoda vaksinaning tanqisligidan foydalanib, ularni chet elga joʻnatishni rejalashtirgan boʻlishi mumkin, deb xabar beradi interfax.