Bu haqda China Daily Asia xabar berdi va tasdiq Ginnesning rekordlar kitobi veb-saytida ham e'lon qilindi.

Shanxayning Agibot kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan A2 roboti 10-noyabr kechasi Suchjoudan yo'lga chiqdi va 13-noyabr kuni erta tongda Shanxaydagi Vaytan sohiliga yetib keldi. Tez almashtiriladigan batareya tizimi robotga 106 kilometr 286 metr masofani bosib o'tib, marraga etguncha sayohatini davom ettirishga imkon berdi.

Ishlab chiquvchi krmpaniya vakillarining so'zlariga ko'ra, zaruriy jihozlar robotga qiyin sharoitlarda muvaffaqiyatli harakatlanish, svetoforlar, tor yo'laklar va gavjum yo'laklardan o'tish, atrof-muhitni kunduzi ham, kechasi ham barqaror idrok etish imkonini berdi. Robot asfaltlangan yo'llar, tosh yo'laklar va ko'priklarda harakatlanib, yo'l harakati qoidalariga rioya qildi.

Shanxayga etib kelgach, rekordchi mexanik qahramon jurnalistlarga o'z sayohatini “mashina hayotidagi unutilmas tajriba” deb ta'rifladi va hazil bilan “unga yangi poyabzal kerak bo'lishi mumkin” deb ishora qildi, deb xabar berdi rbc.ru.