Xitoyda Shenchjou-16 kemasi uch nafar taykonavtni koinotga olib chiqdi

    Xitoy uch nafar taykonavtni o'zining orbital stansiyasiga olib chiqish uchun “Shenchjou-16” kosmik kemasini koinotga uchirdi.

    Noyabrda Yerga qaytishdan oldin ularning stansiyada taxminan besh oy qolishi rejalashtirilmoqda.

    Shenchjou-16 uchirilganidan so'ng bir vaqtning o'zida Yer orbitasida bo'lgan odamlar soni bo'yicha yangi rekord o'rnatildi. Ularning soni 17 nafarga yetdi.

    Avvalgi rekord 2021-yilda o'rnatilgan. O'shanda bir vaqtning o'zida 14 kishi: yetti nafar xalqaro koinot stansiyasida, uch nafar taykonavt “Shenchjou-12” fazoviy kemasida va to'rt nafar amerikalik Crew Dragon fazoviy kemasida shaxsiy missiyaning bir qismi sifatida orbitada bo'lgan, deyiladi mir24.tv saytida.