Xitoyda tarqalgan chikungunya bezgagi Oʻzbekistonga xavf solmaydimi?

    Xitoyda davolash imkonsiz va oʻlimgacha olib boruvchi chikugunya bezgagi tarqalayotgani haqida xabar tarqaldi.

    Chivinlar tashuvchi viruslar chaqiruvchi bu bezgak boʻgʻinlarda keskin ogʻriq bilan kechuvchi ogʻir nevrologik oqibatlarga olib kelishi aytilgan.

    Xitoy olimlari yuqorida tilga olingan virusni tashuvchi chivinlarga qarshi kurashish uchun ularning qurtlari (lichinkalari)ni yeydigan kannibal chivinlarni yaratishgan.

    Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi rasman maʼlum qilishicha, Xitoyda tarqalgan chikungunya bezgagi Oʻzbekistonga xavf solmaydi.

    Taʼkidlanishicha, bu kasallikni tarqatuvchi Aedes aegypti yoki Aedes albopictus chivinlari mamlakatimiz tabiatida uchramaydi.

    «Qoʻmita tomonidan mamlakatimizda epidemiologik barqarorlikni taʼminlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda«, deyiladi xabarda.