Xitoyda taxminan 70 million yillik noyob dinozavr qoldiqlari topildi

    Xitoyning Szyansi provinsiyasida olimlar tomonidan tuxumlari bo'lgan noyob dinozavr qoldiqlari topildi, deb xabar berdi “Sin`xua” agentligi.

    Topilmaning yoshi taxminan 70 million yil. Topilma tarkibida teropod dinozavrlar skeleti, tuxumi va uyasi mavjud. Ikki metrli dinozavr zamonaviy qushlar singari tuxum changalida yotadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, tuxum ichidagi embrionlar rivojlanishning turli bosqichlarida.

    Avvalroq dinozavr skeleti Christie's kim oshdi savdosi uyida rekord darajadagi 31,8 million dollarga sotilgani haqida xabar berilgan edi. U dinozavrning eng to'liq va yaxshi saqlanib qolgan skeletlaridan biri bo'lgan.